Davlatimiz e’tiboridan qalblar shod bo‘lmoqda

Mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, ayni jarayonda ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish ishlariga ustuvor e’tibor qaratib kelinmoqda. 

Qishning sovuq kunlarida Nurobod tumanida ham sektor rahbarlari boshchiligida ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan, nogironligi bor, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari, issiq kiyim-bosh tarqatilmoqda.

Davlatimiz tomonidan aholini ijtimoiy ko‘makka muhtoj qatlamini doimiy manzilli qo‘llab-quvvatlanishidan fuqarolar mamnun.

Tumanda bunday xayr-saxovat tadbirlari davom etmoqda.
 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM