NUROBODLIKLAR FAN OLIMPIADASIDA FAXRLI O'RINLARNI EGALLADI

Joriy yilning 29-noyabr - 1-dekabr kunlari ikkinchi guruh (Ona tili va adabiyoti,Rus tili va adabiyoti, O‘zbek tili, Tojik tili, Qozoq tili,Qoraqalpoq tili va adabiyoti, Ingliz tili, Nemis tili, Fransuz tili, Geografiya, Tarix) fanlaridan asosiy olimpiadaning III (viloyat) bosqichi Respublikamizning barcha hududlarida bir vaqtda tashkil etildi.

Ikkinchi guruh fanlaridan asosiy olimpiadada Nurobodlik bir guruh o'quvchilar:

2-maktabning 9-sinf o'quvchisi K.Gavreilina Rus tili fanidan 3-o'rinni;
13-maktabning 9-sinf oʻquvchisi N.Abdumajidov Tojik tili fanidan 3-o'rinni;
13-maktabning 9-sinf oʻquvchisi Z.Rashida Tojik  tili fanidan 2-o'rinni;
13-maktabning 10-sinf oʻquvchisi B.Abdumajidova Tojik tili fanidan 2-o'rinni;
11-maktabning 10-sinf oʻquvchisi S.Ahadova Tarix fanidan 2-o'rinni;
75-maktabning 10-sinf oʻquvchisi M.Otamurodov Geografiya fanidan 1-o'rinni qo'lga kiritib, diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM