“Yaxshi niyat” dehqon bozoridagi shart-sharoitlar o'rganildi

Nurobod tumanida dehqon bozorlari va savdo majmualaridagi bir qator qurilish va rekonstruksiya ishlarining amalga oshirilishi tufayli sotuvchi va xaridorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilib, sanitariya holatini yaxshilash, jamoat tartibini saqlash va yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasida ijobiy natijalarga erishilmoqda.

 

Bugun tumanimizdagi “Yaxshi niyat” dehqon bozorida bo‘lgan tuman hokimi S.Berdiqulov sotuvchi va xaridorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirib, sotuvchi va xaridorlar bilan yaqindan suhbatlashdi.

 

Tuman rahbari bozorda sotuvchi uchun ham, xaridorlar uchun qulay shart-sharitlar yaratilgan bo‘lishi zarurligini ta’kidlab, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM