Sport akrobatikasi: Osiyo chempionatini 2-oʻrinda yakunladik

Joriy yilning 25-28-sentyabr kunlari Qozogʻistonning Pavlodar shahri sport akrobatikasi boʻyicha XII Osiyo chempionatiga mezbonlik qildi. Eʼtiborlisi ushbu turnirda ishtirok etgan yurtdoshlarimiz umumjamoa hisobida 2-oʻrinni qoʻlga kiritishdi.“Bayantau” sport majmuasida boʻlib oʻtgan qitʼa birinchiligida mezbonlardan tashqari Hindiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Turkmaniston, Eron hamda Gonkongdan 170dan ziyod sportchi gʻoliblik uchun oʻzaro bahs bordilar.44 ta yosh toifasida, ikki holatda mashq yoʻnalishi – dinamika va yosh muvozanatni saqlash boʻyicha oʻzining 4 musobaqalarida Oʻzbekiston 8 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi.

 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM