1-oktyabr - Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan oʻtkaziladigan davlat tadbiri Samarqand xalqaro turistik markazida boʻlib oʻtadi

Joriy yilning 29-sentyabr kuni Samarqand shahridagi “Buyuk ipak yoʻli” xalqaro turizm markazida Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan umumxalq bayramining asosiy tadbiri boʻlib oʻtadi.Tadbirda Xalq taʼlimi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim, Maktabgacha taʼlim vazirliklari hamda Prezident taʼlim muassasalari agentligi tasarrufidagi taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan respublikamizning 700 nafar ustoz-murabbiylari ishtirok etadi.Oʻqituvchilar ikki kun davomida “Boqiy Samarqand” majmuasiga hamda shaharning boshqa diqqatga sazovor joylariga sayohat qiladi.Aytish joizki, Samarqand shahridagi “Buyuk ipak yoʻli” xalqaro turizm markazi ilk bor dunyoning 14 davlati rahbaridan iborat Shanxay hamkorlik tashkiloti aʼzolari kengashiga mezbonlik qilgan edi. Mazkur majmuada yuksak darajada oʻtkazilayotgan navbatdagi tadbir aynan oʻqituvchi va murabbiylarning kasb bayrami munosabati bilan boʻlib oʻtmoqda.Ayni damda Samarqandda tantanali tadbirga tayyorgarlik jarayoni kechmoqda.

 

2015-2024 © Нуробод туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM