insurez
28-11-2024 18:45

Zo'ravonlikka qarshi birgalikda kurashamiz!


Ayni kunlarda butun yurtimiz bo'ylab  “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” aksiyasi doirasida madaniy-ma'rifiy va targ'ibot tadbirlari o'tkazib kelinmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri bugun Nurobod tumanining 2-,34-,77-umumta'lim maktablarining o'quvchi-qizlari ishtirokida bo'lib o'tdi.

Tadbirda Nurobod tumani  IIB JXX HPB profilaktika inspektori, leytenant  Shahlo Izzatova tomonidan tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarga  kerakli yordamlar ko‘rsatish, ularga himoya orderi berish tartibi hamda xotin-qizlarning haq-huquqlarini himoya qiluvchi qonun va qarorlar to'g'risida batafsil ma’lumotlar berildi.

Teglar
- -