Zamonaviy bozor – qulay savdo: Nurobodda yangi yondashuvlar
Bugun Nurobod tumani hokimi M.Buranov va tadbirkorlar ishtirokida bozorlar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi.
O'rganishlar davomida tumandagi mavjud bozorlar holati, sotuvchilar va xaridorlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganilib, muammolar muhokama qilindi.
Bozor infratuzilmasini zamonaviylashtirish, savdo rastalarini tartibga keltirish, gigiyenik talablarni yanada kuchaytirish hamda fuqarolarga qulay va xavfsiz muhit yaratish, avtoturargoh, yo‘l va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash bo'yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Tadbirkorlar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar bozor faoliyatining samaradorligini oshirish, aholiga qulayliklar yaratish hamda mahalliy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida muhim bosqich bo‘lib xizmat qiladi.