Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi
Bugun Nurobod tumani 2-son davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida buyuk ajdodimiz, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida bolajonlar tomonidan Boburning g'azal va ruboiylari aytilib, uning sharafli hayot faoliyatiga bag'ishlangan sahnaviy ko'rinishlar namoyish etildi.
Bog'cha tarbiyalanuvchilari tomonidan ijro etilgan qo'shiq va raqslar yig'ilganlarga zavq va yuqori kayfiyat ulashdi.
Ertamiz egalarini buyuk ajdodlarimizning ibratli hayot yo'li bilan tanishtirish, ularning boy ijodiy merosiga qiziqish uyg'otish maqsadida tashkil etilayotgan bu kabi ezgulik tadbirlari tumanimiz bo'ylab davom etmoqda.