Yuz yosh bilan yuzlashgan onaxonlar bayram bilan tabriklandi
Yuz yosh bilan yuzlashgan onaxonlar bayram bilan tabriklandi
Nurobod tumanida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan turli ezgulik tadbirlari o'tkazib kelinmoqda.
Bugun tuman hokimi M.Buranov va mas'ullar tumanning Oqsoy va Jom mahallalarida bo'lib, yuz yoshga yuzlashgan onaxonlar holidan xabar olishdi.
Tuman rahbari mo'tabar onaxonlar bilan samimiy suhbat qurib, ularni bugungi bayram bilan tabrikladi va bayram sovg'alarini ulashdi.
Mehr va e'tibordan qalbi quvonchga to'lgan onaxonlar yurtimiz tinch, istiqlolimiz abadiy, ertamiz yanada farovon bo'lishligini so'rab duoga qoʻl ochishdi.