insurez
24-06-2025 13:03

Yutuqli yakun – 2025-yil bitiruvchilari va ularning ota-onalari munosib taqdirlandi


Bugun Nurobod tumani hokimligida bayramona ruhda maktab bitiruvchilari va ularning ota-onalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida mamlakatimizda ta’limga qaratilayotgan yuksak e’tibor, yoshlar uchun yaratilayotgan zamonaviy shart-sharoitlar haqida ma'lumotlar berildi.

2024–2025-o‘quv yilida tumandagi 78 ta umumta’lim maktablarini 1806 nafar 11-sinf o‘quvchilar bitirmoqda. 

Maktabni a’lo baholar bilan tamomlagan, o‘zining intellektual salohiyati va namunali fe’l-atvori bilan tengdoshlariga ibrat bo‘lgan 20 nafar bitiruvchilarga "oltin medal"lar, 12 nafar o‘quvchilarga esa "kumush medal"lar hamda ularning ota-onalariga tashakkurnomalar tantanali ravishda topshirildi.

Bugungi uchrashuv bitiruvchi yoshlar uchun nafaqat unutilmas lahza, balki yangi bosqich – hayot sinovlari va imkoniyatlariga yo‘l ochuvchi eshik bo‘lib xizmat qiladi.

Teglar
- -