insurez
16-12-2025 19:11

Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha navbatdagi o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi


Nurobod tumanida oila qurayotgan yoshlarni oilaviy hayotga puxta tayyorlash, mustahkam va sog‘lom oilalar barpo etishga ko‘maklashish maqsadida navbatdagi o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

Mazkur tadbir tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi, FHDY bo‘limi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining tuman bo‘linmasi hamkorligida o‘tkazildi.

O‘quv mashg‘ulotida ishtirokchilarga milliy va umuminsoniy qadriyatlar, oilaviy munosabatlar madaniyati, reproduktiv salomatlik, ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari yuzasidan zarur bilim va tushunchalar berildi.

Shuningdek, yoshlar bilan savol-javoblar va fikr almashuvlar tashkil etilib, oilada sog‘lom muloqot, o‘zaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, to‘y marosimlarini ixcham va me’yorida o‘tkazish, isrofgarchilikning oldini olish, oilada kitobxonlik madaniyatini shakllantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
 

Teglar
- -