Yoshlar markazida tuman hokimi S.Berdiqulovning tuman fuqarolari uchun navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi
Bugun Nurobod tumani Yoshlar markazida tuman hokimi S.Berdiqulovning tuman fuqarolari uchun navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi.
Unda Xalq qabulxonasi, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda fuqarolar ishtirok etishdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan 30 dan ortiq murojaatlar yo‘llandi.
Murojaatlar asosan kadastr, elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichki yo'llar ta'miri, bandlikni ta'minlash, tibbiyot, ijtimoiy ko'mak va boshqa turli moddiy yordamlar olish kabi masalalar yuzasidan bo‘ldi.
Har bir murojaat atroflicha tahlil qilinib, muammolarni qisqa fursatlarda, ijobiy hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.