insurez
29-10-2024 12:15

Yoshlar huquqbuzarligining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar mavzusida brifing o‘tkazildi


Bugun Nurobod tumani hokimligida tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari Xujamiyarov Sirojiddin Xushimovich ishtirokida tumanda yoshlar huquqbuzarligining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan brifing bo‘lib o‘tdi.


Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik holatlarining oldini olish masalasi bugungi kunda yoshlarga oid davlat siyosatining dolzarb yo‘nalishlaridan biridir. Shu bois huquqni muhofaza qiluvchi organlar, vazirlik va idoralar, nodavlat-notijorat tashkilotlari bilan birga jamoatchilik vakillari tomonidan yoshlarning siyosiy faolligini oshirish, huquqiy ongi va madaniyatini rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish borasida ham keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Nuroobod tumanida 2024 yilning 10 oyi davomida 37 nafar yoshlar tomonidan 40 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan jinoyatlar soni 14 foizga yoki 5 taga oshgan.

Nurobod tumanida yoshlar jinoyatchiligini oldini olish bo‘yicha mahallalarda profilaktika inspektorlari va yoshlar yetakchilari tomonidan 200 dan ortiq tungi reyd tadbirlari o‘tkazildi. Sodir etilgan jinoyatlar mahallalarda keng jamoatchilik vakillari bilan muhokama etildi. Bundan tashqari qalqon guruhi a’zolari bilan hamkorlikda turli profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda.

Uyushmagan yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha 16:00 dan 22:00 ga qadar maktab sport zallari yoshlar uchun faoliyat yuritib, yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezdentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-92-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezdentining 2022-yil 11-apreldagi Mahallalardagi yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-201-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, jumladan, mahallalarda yoshlarni madaniyat, san’at, sport, axborot-texnologiyalari va kitob o‘qitishga bo‘lgan qiziqishlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan besh tashabbus loyihalarini joylarda keng targ‘ib etish, ularni ma’naviy barkamol qilib tarbiyalashga qaratilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadlaridaturli musobaqa va tanlovlar o‘tkazib kelinmoqda.

Teglar
- -