insurez
16-04-2025 18:37

Yoshlar bilan tizimli ishlash: Nurobod tumanida amaliy qadamlar


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi "Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ 92-sonli Qarori ijrosini ta'minlash yuzasidan Nurobod tumanida tizimli ishlar olib borilmoqda.
 

Jumladan, bugun Nurobod tuman FVB boshlig'i podpolkovnik Sh.Sultonov tumanning olis Mehnatkash mahallasida bo'lib, ko'makka muhtoj, og'ir toifadagi yoshlar bilan xonadonbay uchrashuvlar o'tkazdi.
 

Hududdagi yoshlar yetakchisi bilan hamkorlikda o'tkazilgan uchrashuvlar davomida yoshlarni qiynab kelayotgan muammoli holatlar yuzasidan murojaatlari tinglandi va ularning yechimi yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
 

Shuningdek, ayni vaqtda chet davlatlarda migratsiya faoliyati bilan band bo'lgan yoshlar bilan "Zoom" platformasi orqali muloqotlar o'tkazilib, ularning ham taklif va tashabbuslari tinglandi.
 

Aniqlangan muammoli masalalar va yo'llangan murojaatlarning ijobiy yechim topishi, yoshlarning hayotda o'zlarining munosib o'rin topishlariga qaratilgan amaliy ishlar boshlab yuborildi.

Teglar
- -