insurez
31-01-2026 18:38

📚 “Yosh kitobxon” tanlovining Nurobod tumani bosqichi bo‘lib o‘tdi


“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida 10–14, 15–19 hamda 20–30 yosh toifalaridagi yoshlar o‘rtasida “Yosh kitobxon” tanlovining Nurobod tumani bosqichi tuman Yoshlar markazida yuqori saviyada tashkil etildi.

Tanlovda ishtirokchilar oldindan e’lon qilingan badiiy asarlar asosida ikki shart bo‘yicha — badiiy asarlar bilimdoni hamda tezkor savol-javob yo‘nalishlarida o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar. Qizg‘in va raqobatbardosh muhitda o‘tgan bellashuvlar yoshlarning kitobxonlik madaniyati, tahliliy fikrlashi va tezkor javob berish ko‘nikmalarini yanada mustahkamladi.

Tanlov yakunlariga ko'ra:
10–14 yosh toifasi:
1-o‘rin — Keldiyorova Marvarid Jamoliddin qizi
2-o‘rin — Norpulatova Jasmina Mansur qizi
3-o‘rin — Toshpulatova Mohinur Ikromjon qizi

15–19 yosh toifasi:
1-o‘rin — Muxtorov Nurmuhammad Alisher o‘g‘li
2-o‘rin — Quvonova Nurxayot Baxrom qizi
3-o‘rin — Oblonova Hadicha Sobir qizi

20–30 yosh toifasi:
1-o‘rin — Rasulova Rushana Abdialim qizi
2-o‘rin — Turdiboyeva Shaxlo Asliddin qizi
3-o‘rin — Abduraximov Rustam Tulqin o‘g‘li faxrli o'rinlarni qo'lga kiritishdi.

Viloyat bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan 1-o‘rin sovrindorlarini samimiy tabriklab, keyingi bosqichda katta muvaffaqiyatlar tilaymiz.
 

Teglar
- -