YO‘LLAR SIRPANCHIQ, EHTIYOT BO‘LING!
Zaminni oppoq qor qopladi. Ushbu yog‘ingarchilik sabab yo‘llarda harakatlanish mobaynida haydovchilar ham, piyodalar ham birmuncha noqulayliklarga uchrashi tayin.
Muzlamalarda avtomobil shinalari sirpanib ketib, ko‘ngilsiz holatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Shu sabab erta tongdan tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi va mas'ul tashkilotlar xodimlari tomonidan xavfsizlik choralari ko‘rilmoqda.
Maxsus transportlar yordamida yo'llar tozalanmoqda. Ishchi xodimlar ichki yo'laklar va yo‘llarda paydo bo'lgan muzlamalarga qum-tuz aralashmasini sepishmoqda.
Hurmatli fuqarolar!
Siz ham xonadoningiz atrofini qor va muzlamalardan tozalashingizni so‘raymiz...
Hurmatli haydovchilar, avtotransportda harakatlanishda ehtiyot bo‘lib, oraliq masofani saqlashni unutmang!