Yer va suvdan samarali foydalanish – barqaror hosildorlik garovi
Bugun Nurobod tumani hokimi M.Buranov tumanda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud imkoniyatlar va yechim talab etayotgan masalalarni o'rgandi.
Tuman rahbari paxta maydonlarida olib borilayotgan parvarish ishlari, agrotexnik tadbirlar, hosildorlikni oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, g‘alladan bo‘shagan maydonlarda ikkinchi ekin sifatida ekilgan ozuqabop qishloq xo‘jaligi mahsulotlari holati ham o‘rganildi.
O'rganishlar davomida qishloq xo‘jaligi maydonlarida irrigatsiya tizimi, sug‘orish inshootlari, suv manbalaridan foydalanish va sug‘orish sifati ham ko‘rib chiqildi.
Tabiiy resurslardan samarali foydalanib, suv tejovchi texnologiyalardan goydalanish zarurligi alohida ta’kidlandi.