insurez
06-02-2026 20:22

Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash masalalari muhokama qilindi


Yashirin iqtisodiyot — milliy iqtisodiyotning turli bo‘g‘inlarida xufiyona tarzda amalga oshiriladigan, davlat nazoratidan chetda qoladigan hamda soliqlardan bo‘yin tovlashga qaratilgan faoliyat bo‘lib, u jamiyat taraqqiyoti va iqtisodiy barqarorlikka jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu holat davlat byudjeti daromadlarining kamayishiga, halol raqobat muhitining buzilishiga hamda korrupsiya xavfining kuchayishiga sabab bo‘lib, ijtimoiy adolat tamoyillariga putur yetkazadi.

Bugun Nurobod tumanida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish, sohada shaffoflikni ta’minlash hamda mavjud tizimli muammolarni bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi M.Buranov, tuman prokurori J.Abdixakimov, tuman IIB boshlig‘i S.Sharipov, shuningdek, soha mas’ullari va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

Muhokama davomida tumanda yashirin iqtisodiyot holatlarini aniqlash va oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilinib, mavjud kamchilik va oqsoqliklar tanqidiy ruhda muhokama etildi. Xususan, ayrim sohalarda moliyaviy hisob-kitoblarning shaffof emasligi, norasmiy faoliyat yuritish holatlari hamda soliq intizomiga yetarli darajada rioya qilinmayotgani keskin tanqid ostiga olindi.

Yig‘ilishda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishda zamonaviy raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, nazorat va monitoring mexanizmlarini kuchaytirish, shuningdek, tadbirkorlar va aholi o‘rtasida huquqiy ong, iqtisodiy madaniyat va mas’uliyatni oshirish zarurligi alohida ta’kidlandi. Bu borada davlat organlari va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida ochiq va shaffof hamkorlik muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.
 

Teglar
- -