insurez
11-12-2024 12:44

“Yashil makon” umummilliy loyihasi ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar mavzusida ochiq muloqot bo'lib o'tdi


Bugun Nurobod tumani hokimligida tuman Ekologiya bo‘limi boshlig‘i Sh.Qorayev va tumandagi OAV vakillari ishtirokida “Yashil makon umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi.

 

Muloqot davomida Sh. Qorayev o‘ziga yo‘llangan barcha savollarga batafsil javob berib, tumanda “Yashil makon” umummilliy loyihasi ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha quyidagilarni ta’kidladi:

 

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi                      PF-46-sonli “Respublika ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tumanda 402,6 ming dona daraxt ko‘chatlari ekish belgilangan bo‘lib, bugungi kunga kelib (10.12.2024-yil holatiga ko‘ra) reja 509,37 ming dona yoki 126,52 foizga ortig‘i bilan bajarildi.

 

Shuningdek, ushbu loyiha doirasida 0,5 gektar “Hokimlik bog‘i” maydonida 500 dona manzarali daraxt ko‘chatlari, 2,5 gektar “Yashil jamoat parki” maydonida 2000 dona manzarali daraxt ko‘chatlari, 3,5 gektar “Yashil bog‘” maydonida 972 dona manzarali daraxt ko‘chatlari  va 2,0 gektar “Mening bog‘im” maydonida 1230 dona manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Loyiha doirasida bir qator tashkilotlar tomonidan mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Jumladan:

- Fermer xo‘jaliklari va paxtachilik-g‘allachilik klasterlarining dalalari chetlarida ihota barpo qilishga 100000 dona ko‘chat ekish rejasi o‘rnatilgan bo‘lib, haqiqatda 56,3 ming dona daraxt ko‘chatlari ekildi yoki reja 56,3foizga bajarildi;

- bog‘zorlar, tokzorlar va yangi tutzorlar barpo etishga 104900 dona ko‘chat ekish rejasi o‘rnatilgan bo‘lib, haqiqatda 111,8 ming dona daraxt ko‘chatlari ekildi yoki  106,5 foizga bajarildi;

- tumandagi 39 ta MFY lar hamda aholi tomorqalari atrofida 68400 dona ko‘chat ekish rejasi o‘rnatilgan bo‘lib, haqiqatda 70,22 ming dona daraxt ko‘chatlari ekildi yoki  102,6 foizga bajarildi;

- obodonlashtirish boshqarmalari hududlarida 29600 dona ko‘chat ekish rejasi o‘rnatilgan bo‘lib, haqiqatda  29,5 ming dona daraxt ko‘chatlari ekildi yoki  99,6 foizga bajarildi;

- o‘rmon fondi yerlarida o‘rmon barpo etishga 30000 dona ko‘chat ekish rejasi o‘rnatilgan bo‘lib, haqiqatda 31,23 ming dona daraxt ko‘chatlari ekildi yoki 104,1 foizga bajarildi;

- avtomobil va temir yo‘l yoqalarida 7600 dona ko‘chat ekish rejasi o‘rnatilgan bo‘lib, haqiqatda 141,97 ming dona daraxt ko‘chatlari ekildi yoki 1868,1 foizga bajarildi;

- daryolar, kanallar, ariqlar va zovurlar bo‘ylariga 6200 dona ko‘chat ekish rejasi o‘rnatilgan bo‘lib, haqiqatda 1,5 ming dona daraxt ko‘chatlari ekildi yoki  24,1 foizga bajarildi;

- atrof-muhitga ta’sir xavfi bo‘yicha yuqori va o‘rta darajadagi xavfli toifalarga mansub sanoat korxonalari tomonidan 1 ta korxonalarga “Yashil belbog‘”lar barpo etishga 1200 dona ko‘chat ekish rejasi o‘rnatilgan bo‘lib, haqiqatda  1,2 ming dona daraxt ko‘chatlari ekildi yoki  100 foizga bajarildi;

- maktabgacha va maktab ta’limi muassasalari hamda ularga tutash hududlarga 8000 dona ko‘chat ekish rejasi o‘rnatilgan bo‘lib, haqiqatda 4,843 ming dona daraxt ko‘chatlari ekildi yoki  60,53 foizga bajarildi;

- sog‘liqni saqlash obyektlari hamda ularga tutash hududlarga 6000 dona ko‘chat ekish rejasi o‘rnatilgan bo‘lib, haqiqatda 6,56 ming dona daraxt ko‘chatlari ekildi yoki 109,33 foizga bajarildi;

- oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar muassasalari hamda ularga tutash hududlarga 2000 dona ko‘chat ekish rejasi o‘rnatilgan bo‘lib, haqiqatda  2,455 ming dona daraxt ko‘chatlari ekildi yoki 122,75 foizga bajarildi;

- vazirlik, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va korxonalar hamda ularga tutash hududlarga 35900 dona ko‘chat ekish rejasi o‘rnatilgan bo‘lib, haqiqatda 45,573 ming dona daraxt ko‘chatlari ekildi yoki 126,94 foizga bajarildi;

- tijorat banklari hamda ularga tutash hududlarga 2000 dona ko‘chat ekish rejasi o‘rnatilgan bo‘lib, haqiqatda 6,2 ming dona daraxt ko‘chatlari ekildi yoki  310,0 foizga bajarildi;

- chiqindi poligonlari atrofida ihota daraxtzorlarni barpo etishga 800 dona ko‘chat ekish rejasi o‘rnatilgan bo‘lib, haqiqatda umuman daraxt ko‘chatlari ekilmagan.

 

Hozirgi kunda daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari hududlarda davom etmoqda.

 

Albatta, ko‘chat ekilayotganda tumanning iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda katalpa, shum tol, qayrag‘och, ayland, chinor, tut, jiyda, yong‘oq, behi, uzum, mojjevelnik, sharq tuyasi, bodom, olma, olcha, gilos, butalar, cho‘l o‘simliklari, o‘rik va boshqa manzarali daraxt ko‘chatlari ekilmoqda.

 

Teglar
- -