“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida
Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida jinoyat ishlari bo’yicha Nurobod tumani sudi xodimlari ham faol ishtirok etmoqda.
Tumanda joylashgan yer maydoniga 50 dan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Dastlab yetuk bog‘bonlar tomonidan ko‘chat ekish tartibi batafsil tushuntirilib, ko‘chat ekishga moslab yer tayyorlandi, har bir tup ko‘chatga suv yetib borishi uchun zarur ishlar amalga oshirildi. Shundan so‘ng, sud xodimlari ko‘chat o‘tqazishga kirishdi.
Bu kabi bog‘larning barpo etilishi butun dunyoda iqlim o‘zgarishi, cho‘llanish va suv taqchilligi shiddat bilan kechayotgan bugungi kunda ekologik muhit barqarorligini ta’minlash, ona tabiatni asrab-avaylash, yashil hududlarni kengaytirish borasida yurtimizda olib borilayotgan xayrli ishlarga viloyat sud tizimi vakillarining ham kichik bir hissasidir.
Zotan, barpo etilayotgan yashil maydonlarning mamlakatimiz ekologiyasi va xalqimiz salomatligidagi ahamiyati beqiyos bo‘lib, bugun ezgu niyatlar bilan qadalgan nihollar jonajon O‘zbekistonimizning, har birimizning ortimizdan unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodning manfaatlari uchun xizmat qiladi.
Jahongir ARSLANOV,
jinoyat ishlari bo'yicha Nurobod tumani sudining raisi