“Yashil makon” umummilliy loyihasi aholi hayoti sifatini oshirish omili
Aholi hayot sifati – umumlashtiruvchi ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya boʻlib, nafaqat moddiy neʻmatlar va xizmatlarni isteʻmol qilish darajasini, balki maʻnaviy ehtiyojlarni qondirish, salomatlik, umr koʻrish davomiyligi, atrof-muhit ekologik sharoitlarni, axloqiy-psixologik iqlim, maʻnaviyatni oʻz ichiga oladi.
Mamlakatimizda ham aholi hayoti sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar jumlasida ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlarni taʻkidlab oʻtish lozim.
Nurobod tumanida ham "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko'chat ekish, bog' yaratish ishlarida tuman hokimi S.Berdiqulov, sektor rahbarlari, hokim o'rinbosarlari, mas'ul tashkilotlar va keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etishmoqda.
Joriy yilning kuz mavsumi davomida Nurobod tumanidagi yashil maskanlar, mahallalar, aholi yashash punktlari, ijtimoiy soha ob'yektlari, ko‘p qavatli uylar va yo‘llarning yon atroflariga 400 mingga yaqin mevali va manzarali daraxt hamda bo‘ta ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan.
Ushbu nihollar kelajakda tumanimiz ko‘rkiga ko‘rk va yashillik qo‘shishdan tashqari hudud havosi musaffoligini oshirishda, aholi salomatligini ta’minlashda muhim o‘rin tutishi, shubhasiz.