insurez
27-12-2025 10:32

Yangi yil bayrami shukuhi maktabgacha ta’lim muassasalarida


Yangi yil bayrami munosabati bilan Nurobod tumanidagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchi bolajonlar uchun bayramona tadbirlar tashkil etilmoqda. 

Bayram dasturlari doirasida Yangi yil qahramonlari — Qorbobo, Qorqiz hamda turli ertak qahramonlarining sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, bolajonlarga quvonch va ko‘tarinki kayfiyat ulashilmoqda.
Kuy-qo‘shiqlar, qiziqarli o‘yinlar va sahna chiqishlari orqali muassasalarda chinakam bayram muhiti yaratilmoqda.

Mazkur bayram tadbirlari bolajonlarning Yangi yil haqidagi ijobiy taassurotlarini boyitib, ularning xotirasida unutilmas va quvonchli lahzalar sifatida muhrlanmoqda.
 

Teglar
- -