insurez
24-12-2025 18:56

Yangi yil bayrami munosabati bilan arzonlashtirilgan oziq-ovqatlar yarmarkasi tashkil etildi


Yangi yil bayrami arafasida aholiga qulaylik yaratish maqsadida Nurobod tumani hokimligi tashabbusi bilan tuman markazida arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi.

Mazkur yarmarkada tumandagi fermer xo‘jaliklari va tadbirkorlar tomonidan yetishtirilgan mahsulotlar arzonlashtirilgan, hamyonbop narxlarda aholiga sotilmoqda.

Yarmarka aholining bayram oldi ehtiyojlarini qondirish, bozor narxlarini barqarorlashtirish hamda qulay savdo sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.
 

Teglar
- -