Yana bir ezgu tashabbus amalda!
☺️ Bugungi kunda jamiyatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini, ayniqsa nogironligi bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yo‘lida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
💻 Nurobod tumani, Amir Temur mahallasida zamonaviy talablar asosida “Kunduzgi parvarish” xizmati o‘z faoliyatini olib bormoqda. Ushbu xizmat bolalarning individual rivojlanishi, ijtimoiylashuvi, muomala ko‘nikmalarini shakllantirish hamda maktabgacha va maktab ta’limiga tayyorlashga qaratilgan.
👫 Bugungi kunda 18 nafar bola ro‘yxatga olingan bo‘lib, 12–14 nafari muntazam qatnamoqda. Bu markaz nafaqat bolalar, balki ularning oilalari uchun ham katta qulaylik yaratmoqda. Shuningdek, 2 ta yangi doimiy ish o‘rni ham tashkil etildi.
🏃 Kelgusida bu maskanda logoped, defektolog, surdopedagog, gidrovanna, logomassaj, musiqa darslari, ipoterapiya kabi 12 turdagi muhim reabilitatsion xizmatlar yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.
↗️ Kunduzgi parvarish xizmati — bu imkoniyat, ishonch va kelajakka ochilgan eshikdir!




