insurez
24-03-2025 12:17

Xususiy sektor korxonalaridagi bo'sh ish o'rinlari hisobini yuritish, bo'sh ish o'rinlariga fuqarolarni joylashtirish mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi


Bugun Nurobod tumani hokimligida tuman Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bo'limi boshlig'i Sh.Berdiyev va mas’ullar ishtirokida "Xususiy sektor korxonalaridagi bo'sh ish o'rinlari hisobini yuritish, bo'sh ish o'rinlariga fuqarolarni joylashtirish" mavzusida matbuot anjumani o'tkazildi.

Nurobod tumanida bugungi kunda 200 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari mavjud bo‘lib, shundan davlat korxonalarida 118 ta, qolgan qismi, yani 82 tasini esa xususiy sektordagi korxonalardagi bo‘sh ish o‘rinlari tashkil etadi.

2025-yilning o‘tgan yanvar-mart oylarida tumandagi korxona, tashkilot va muassasalardagi bo‘sh ish o‘rinlariga jami tumandagi ish bilan band bo‘lmagan 323 nafar fuqarolar ishga joylashtirilib, shundan 235 nafarini xususiy sektordagi korxona va tashkilotlarga ishga joylashgan fuqarolar tashkil etadi.

 

Jumladan, joriy yilning yanvar oyida xususiy sektordagi korxona va tashkilotlarda 176 ta bo‘sh ish o‘rinlari mavjud bo‘lib, shundan 103 tasiga bandlik bo‘limi orqali hokim yordamchilari tomonidan berilgan yo‘llanmalar asosida ish bilan band bo‘lmagan fuqarolar ishga joylashtirilgan. 103 nafar fuqarolarning 19 nafarini kambag‘al oilalar a’zolari tashkil etadi.

Fevral oyida xususiy sektordagi korxona va tashkilotlarda 130 ta bo‘sh ish o‘rinlari mavjud bo‘lib, shundan 59 tasiga bandlik bo‘limi orqali hokim yordamchilari tomonidan berilgan yo‘llanmalar asosida ish bilan band bo‘lmagan fuqarolar ishga joylashtirilgan. 59 nafar fuqarolarning 30 nafarini kambag‘al oilalar a’zolari tashkil etadi.

Mart oyida xususiy sektordagi korxona va tashkilotlarda 134 ta bo‘sh ish o‘rinlari mavjud bo‘lib, shundan 63 tasiga bandlik bo‘limi orqali hokim yordamchilari tomonidan berilgan yo‘llanmalar asosida ish bilan band bo‘lmagan fuqarolar ishga joylashtirilgan. 63 nafar fuqarolarning 51 nafarini kambag‘al oilalar a’zolari tashkil etadi.

Bunda asosan tumandagi 39 ta mahalla fuqarolar yig‘inlariga biriktirilgan tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari tomonidan mahallalardagi yangi tashkil etilayotgan tadbirkorlik sub’yektlari va mavjud xususiy korxonalardagi bo‘sh  va yangi yaratilayotgan ish o‘rinlariga hududdagi ishsiz fuqarolarni jalb etish orqali amalga oshirilmoqda.

Tumandagi ish bilan band bo‘lmagan fuqarolarni bandligi ta’minlanishi sohalar kesimida tahlil qilinganda, asosan qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish, sanoat, qurilish, tijorat banklari tomonidan berilayotgan imtiyozli kreditlar hisobidan yaratilgan yangi ish o‘rinlariga ishga joylashtirilayotganligi imkoniyatlarning kengayayotganligidan dalolat beradi.

Bu sohani rivojlantirish hamda noreal vakansiyalarni o‘chirish, mavjud vakansiyalar bazasini to‘g‘ri tahlil qilish hamda tumandagi ish qidiruvchi fuqarolarimizga yetkazish maqsadida Nurobod tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan ham bir qator samarali ishlar olib borilmoqda.

Aynan bo‘limda “Ish beruvchilar bilan ishlash va bo‘sh ish o‘rinlarini tahlil qilish bo‘yicha bosh mutaxassis” lavozimi tashkil qilinib, ushbu mutaxassis tomonidan bo‘sh ish o‘rinlarini domiy va sifatli tahlilini olib borish yo‘lga qo‘yilgan.

Jumladan, 2025-yilning yanvar oyida tumandagi korxona va tashkilotlarda jami 450 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari mavjud bo‘lgan. Bo‘limda olib borilgan ishlar natijasida har bir vakansiya bo‘yicha nomma-nom tahlil qilinib, noreal bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari o‘chirtirilib, haqqoniy bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlariga ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish choralari ko‘rildi hamda bugungi kun holatiga 240 ta bo‘sh ish o‘rinlari ma’lumoti taqdim etilmoqda.

Ammo ushbu ma’lumotlar o‘zgaruvchan va ish beruvchi korxonalarga bog‘liq bo‘lganligi sababli, bular ichida ham noreal vakansiyalar haligacha mavjud. Sababi korxonalar ichida tugatilganlari, faoliyat ko‘rsatmayotganlari, shuningdek mehnat qonunchiligi bo‘yicha yetarlicha tushunchalarga ega bo‘lmaganlari uchraydi.

Mazkur holatlarni oldini olish, tumanimizdagi ishsiz hamda o‘zlariga munosib bo‘sh ish o‘rinlarini qidirayotgan fuqarolarimiz uchun bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha doimiy hamda sifatli ma’lumotlarni yetkazib borish maqsadida bandlik bo‘limi tomonidan kerakli chora-tadbirlar belgilab olingan.

Matbuot anjumani yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan yo'llangan savollarga Sh.Berdiyev tomonidan batafsil javoblar berildi.

Teglar
- -