insurez
12-08-2024 16:56

Xotin-qizlar foizsiz ta'lim krediti olishlari mumkin


Kimlar ta'lim krediti olishi mumkin?

- Oʻzbekistondagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlar filiallari);

- Oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.)

Ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’lim shakli uchun beriladi!

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni (27.2024-yildagi PF-82-son) bilan 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qarorga kiritilgan o'zgarishga ko'ra, endilikda faqat kunduzgi ta’lim shaklida oʻqiyotgan xotin-qizlarga imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladi.

Taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng yettinchi oydan boshlab (yaʼni olti oy oʻtib) 7 yil davomida qaytariladi.

Qanday hujjatlar topshirish kerak bo'ladi?

- Bankka ariza;

- Shaxsni tasdiqlovchi hujjat;

- Taʼlim muassasasi bilan toʻlov-kontrakt shartnomasi;

- Talabaning doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti boʻyicha hujjat.

“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.

Teglar
- -