insurez
14-11-2025 21:46

Xorijdagi Nurobodlik fuqarolarning muammolari va takliflari tinglandi


Bugun Nurobod tumani hokimi M.Buranov tomonidan mas’ul rahbarlar ishtirokida xorijda ishlayotgan va o‘qiyotgan nurobodlik fuqarolar hamda yoshlar bilan onlayn muloqot tashkil etildi.

Muloqoda turli davlatlarda boʻlib turgan fuqarolar qatnashib, yashash sharoitlari, o‘qish va mehnat jarayoni, shuningdek, duch kelayotgan muammolari haqida ma’lumot berishdi.

Tuman hokimi har bir ishtirokchi bilan alohida suhbatlashib, ular duch kelayotgan muammolar, qo‘shimcha yordam va ko‘makka ehtiyoji bo‘lgan masalalar tinglandi.

Muloqot davomida yurtga qaytishni istagan fuqarolarga ko‘maklashish, bandlik masalalarini hal qilish, qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kuchaytirish bo‘yicha fikr almashildi.

Bildirilgan taklif va muammolar ro‘yxatga olinib, ularni hal etish bo'yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Teglar
- -