XODIMNING BUZILGAN MEHNAT HUQUQI TIKLANDI!
Da’vogar Nurobod tuman Adliya bo‘limi N.X. manfaatida javobgar Saroyqo‘rg‘on davlat o‘rmon xo‘jaligiga nisbatan sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, unda javobgardan N.X. foydasiga foydalanilmagan mehnat ta’tillari uchun jami 97.485.119 so‘m miqdorida kompensatsiya pullari undirishni so‘ragan.
Ishda aniqlangan holatlar ko‘ra, xodim N.X. 1994, 1995, 1996, 1997, 1998, 1999, 2001, 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2008, 2009, 2010, 2011, 2012, 2013, 2014, 2015, 2016 va 2017 yillar jami 23 yil davomida biror marotaba ham mehnat ta’tiliga chiqmagan.
Nurobod tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limining davlat mehnat huquq inspektorining 2025-yil 7-mayda tuzgan ma’lumotnomasida, ish beruvchi Saroyqo‘rg‘on davlat o‘rmon xo‘jaligi N.X.ga 2017-yil 13-iyul kuni to‘liq hisob-kitob qilmaganligi uchun mehnat ta’tilidan foydalanmagan ta’til kunlari uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan 69.824.814 so‘m kompensatsiya puli to‘lab berilishi lozimligi ko‘rsatilgan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nurobod tuman sudining 2025-yil 15-maydagi hal qiluv qarori bilan da’vogarning da’vo talabi qisman qanoatlantirilib, javobgar Saroyqo‘rg‘on davlat o‘rmon xo‘jaligi hisobidan manfaati ko‘zlangan shaxs X.N. foydasiga foydalanilmagan mehnat ta’tillari uchun 69.824.814 so‘m kompensatsiya mablag‘i undirish belgilandi.
S.Kuliyev,
Fuqarolik ishlari bo'yicha Nurobod tuman sudining raisi