insurez
23-06-2025 17:55

Xitoylik investorlar ishtirokidagi yirik loyiha: Nurobodda kafel-keramika, chinni mahsulotlari ishlab chiqariladi


Bugun Nurobod tumani hokimi M.Buranov tumanda amalga oshirilayotgan yirik sanoat loyihalaridan biri – Xitoy Xalq Respublikasining “Central Asia” kompaniyasi tomonidan olib borilayotgan qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida “Central Asia” kompaniyasi vakillari xorijiy investitsiya asosida tashkil etilayotgan tosh, kafel-keramika, chinni mahsulotlarini qayta ishlash hamda ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan loyihaning mazmun-mohiyati, texnologik jarayonlari va kelgusidagi rejalari haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Loyiha doirasida zamonaviy texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish liniyalari o‘rnatilishi va mahalliy xomashyodan samarali foydalanilishi ko‘zda tutilgan. Ayni paytda qurilish ishlari va uskunalarni o‘rnatish jarayonlari boshlab yuborilgan.

Tuman hokimi M.Buranov o‘z navbatida ushbu xorijiy investitsiya loyihasining ahamiyatini alohida e’tirof etib, tuman hokimligi tomonidan barcha zaruriy tashkiliy va huquqiy ko‘mak ko‘rsatilishini ta’kidladi. 

Shuningdek, loyiha tumandagi sanoat salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishga xizmat qilishi qayd etildi.

Teglar
- -