"Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlar profilaktikasi oyligi" tadbirlari o'tkazilmoqda
Ayni kunlarda butun viloyatimiz bo'ylab, "Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlar profilaktikasi oyligi" tadbirlari o'tkazilmoqda.
Jumladan, Nurobod tumanida ham ushbu profilaktika oyligi doirasidagi maxsus tadbirlarni o'tkazishga jalb etilgan tuman IIB xodimlariga xizmat oldi yo'riqnomasi o'tkazilib, profilaktik tadbirlar bo'lib o'tmoqda.
Tumanda jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning mulkiy daxlsizligini ta'minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish yuzasidan qilinishi lozim bo'lgan chora-tadbirlar belgilangan.