insurez
24-12-2024 19:16

"Xavfsiz hudud - Dolzarb 50 kun" maxsus profilaktik tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda


Bugun Nurobod tumani IIB, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar bo'limi, kommunal soha vakillaridan iborat shaxsiy tarkibga tungi xizmat oldi yo’riqnomasi o‘tkazilib, tuman sektor rahbarlari va huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.

Nurobod tumanida “Yangi yil” bayramiga tayyorgarlik ko‘rish, bayram tadbirlarini o‘tkazish davrida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar hamda jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etish, shuningdek jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida "Xavfsiz hudud - Dolzarb 50 kun" maxsus profilaktik tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

Ayni paytda shaxsiy tarkib a'zolari tomonidan tumanimiz fuqarolarining osoyishtaligini ta'minlash yo‘lida  profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.
 

Teglar
- -