insurez
03-12-2024 17:21

Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi


Bugun Nurobod tumanida tuman hokimligi, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi hamda Davlat  muassasalari  va  jamoat  xizmati  xodimlari  kasaba  uyushmasi  Nurobod tuman Kengashi hamkorligida 3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Tadbirda so'z olganlar yig'ilganlarni bayram bilan qutlar ekan, yurtimizda nogironligi mavjud va imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda ularga qaratilayotgan yuksak e'tiborni alohida ta'kidlashdi.

Yakunda bayram ishtirokchilarga tuman hokimligi hamda hamkor tashkilotlarning esdalik sovg'alari ulashildi.

Teglar
- -