insurez
08-10-2024 14:32

Xalq ta’limi tizimidagi islohotlar, kelgusi rejalar to‘g‘risida brifing o'tkazildi


Bugun Nurobod tumani hokimligida tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari Xujamiyarov Sirojiddin Xushimovich ishtirokida xalq ta’limi tizimidagi islohotlar, kelgusi rejalar to‘g‘risida brifing bo‘lib o‘tdi.

 

Nurobod tumani Maktabgacha va maktab  taʼlimi bo‘limi tasarrufida 78 ta umumiy o‘rta taʼlim maktablari, 1 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabi hamda 175 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat yuritib kelmoqda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 28 tasi davlat, 140 tasi oilaviy va 7 tasi davlat-xususiy sheriklik asosidagi muassasalardir.

 

2024-yilda tumanda 6 ta (1,4,10,27,34,62) maktablarni  rekonstruksiya qilish (qoʻshimcha bino qurish), 1 ta (53) maktabni  mukammal taʼmirlash va 1 ta yangi DMTT qurish rejalashtirilgan bo’lib, hozirda qurilish ishlari yakunlanib, ushbu ta’lim muassasalari ishga tushish jarayonida.

Tumandagi 78 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jami 96 ta kompyuter sinf xonalari mavjud bo‘lib, 2024-yilning o‘zida Respublika byudjeti, vazirlik jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan tumandagi 9 ta (1-, 2-, 11-, 17-, 22-, 24-, 33-, 40-, 41-) umumiy o‘rta ta’lim maktablariga 1 sinf komplektdan, jami 153 dona kompyuter texnikalari еtkazib berildi. Hozirgi vaqtda 96 ta kompyuter sinf xonalarida jami 2172 ta kompyuter texnikalari mavjud.

2021-2022 o‘quv yilida tumandagi 29 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari kundalik.com tizimiga ulangan bo‘lsa, 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab barcha maktablar kundalik.com tizimiga o‘tkazildi.

Hozirgi kunda 78 ta umumiy o‘rta talim maktablarida 193 nafar ingliz tili, 38 nafar nemis tili, 6 nafar fransuz tili, 118 nafar rus tili, jami 355 nafar chet tili o‘qituvchilari faoliyat yuritib kelmoqda. Shulardan, 57 nafar (28,8%) ingliz tili fani o‘qituvchilari 28 ta Xalqaro va 29 ta Milliy darajadagi sertifikat olishga erishdilar.

Bundan tashqari 56 nafar (45,0%) rus tili fani o‘qituvchilari xalqaro C1 darajadagi sertifikatlarga ega bo‘lishdi.

Maktablarda ikkinchi xorijiy tilni o‘qitishni tashkil etish borasida tumandagi 1, 2, 61-umumtalim maktablarida ikkinchi xorijiy tilni o‘qitish tajriba-sinov maktabi sifatida tanlab olindi. 1- va 61-maktablarda ikkinchi xorijiy til sifatida nemis tili, 2-maktabda yapon tilining o‘qitilishi tajriba sifatida belgilab olindi.

 

Pedagoglarning malaka toifalarini yaxshilash maqsadida 2024-yil  avgust-dekabr oylarida boʻlib oʻtgan attestatsiya jarayoniga 709 nafar pedagog ariza topshirgan. Shundan 146 nafar oliy malaka toifasiga, 266 nafar birinchi malaka toifasiga, 297 nafar (malaka toifaga ega boʻlmagan, toifasiz oʻqituvchilar) ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagoglar sifatida attestatsiya jarayonida ishtirok etishlari rejalashtirilgan.

 

Kamchiliklar

2023-2024 o‘quv yilida tuman umumta'lim maktablarining 11-sinflarini 2026 nafar o‘quvchilar bitirishdi. Bitiruvchilarning OTMga kirish bo‘yicha chiqarilgan mandat natijalariga ko‘ra, tuman bo‘yicha 2 ta maktablar(36-,39-umumta'lim maktablari)ning birorta ham bitiruvchilari davlat OTMlariga kirolmagan.

 

Joriy yilda maktab bitiruvchilarining oliy ta’limga kirish bo‘yicha o‘rtacha bali eng past ko‘rsatkichli maktablar 4 tani tashkil qiladi. Bu maktablar 33-, 14-, 49-, 30-umumta’lim maktablari hisoblanadi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-2025-oʻquv yili uchun taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxatida tumandagi 11 ta umumta'lim maktabi ta’lim sifati past deb topildi. Tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining ushbu maktablarda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqilib,hozirda ushbu yo‘l xarita bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Birinchi navbatda ta’lim sifati past bo‘lgan 17 ta umumta’lim maktablariga tumandagi OTMga kirishda hamda ta’lim sifati va samaradorligi yuqori bo‘lgan 17 ta maktablar biriktirildi.

Teglar
- -