insurez
06-03-2025 16:02

Xalq farovonligi yo'lida


Mamlakatimizda aholi turmush darajasini yanada yaxshilash, hayot farovonligini ta’minlash borasida bir qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, bugun Respublika ishchi guruhi, Nurobod tumani hokimi M.Buranov va mutasaddilar tumanning Do'stlik mahallasiga tashrif buyurib, "Kambag'allikdan farovonlik sari" dasturining tumandagi ijrosi yuzasidan xonadonbay o‘rganish ishlari olib borishdi.

Dastlab aholining tomorqasi va yer maydonlaridan nechog'li samarali foydalanayotganligi o'rganilib, yuqori hosildorlik va daromadga erishishlari yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, o'rganishlar davomida hududdagi qiynalgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash, ularning bandligini, doimiy daromad manbaiga ega bo'lishlarini ta'minlash, turmush darajasini oshirish borasida qilingan ishlar holati batafsil tahlil etilib, bu boradagi ishlar samaradorligini yanada oshirish bo'yicha kerakli chora-tadbirlar belgilandi.

Teglar
- -