Xalq deputatlari Nurobod tuman Kengashining to‘qson ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Bugun Nurobod tumani hokimligida xalq deputatlari Nurobod tuman Kengashining to‘qson ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya kun tartibidan o‘rin olgan 2024-yil III chorak yakuni bo‘yicha Xalq qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlar, tumandagi korxona va tashkilotlarda murojaatlar bilan ishlash holati, Nurobod tumanda yerdan samarasiz foydalanib kelayotgan hamda o‘z majburiyatlarini bajarmayotgan 4 nafar qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilar bilan tuman hokimligi o‘rtasida tuzilgan yer ijarasi shartnomalarini bekor qilish chora-tadbirlari, “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-15-sonli Farmonida berilgan topshiriqlarning tumandagi ijrosi, xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish, kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, Majburiy ijro byurosi Nurobod tumani bo‘limi tomonidan 2024-yilning olti oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, tumanda qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish uchun iste’molchilar kesimida 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumi uchun ajratilgan suv limitlari, 2024-yil III chorak yakuni bilan jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisoboti, tuman mahalliy byudjetining 2024-yil III chorak daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan ajratiladigan mablag‘lar, Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining 2024-yil 2-avgustdagi “Nurobod tumanining ma’muriy-hududiy chegara chizig‘ini tasdiqlash to‘g‘risida”gi VI-89-77-7-99-K/24-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
Sessiyada ko‘tarilgan har bir masala xalq vakillari tomonidan batafsil muhokama etilib, yakunda ovoz berish yo‘li bilan tuman Kengashining sohalar bo‘yicha tegishli qarorlari qabul qilindi.