insurez
29-12-2025 17:32

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi


Bugun Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining yettinchi chaqiriq, o‘n oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishida dastlab tashkiliy masala ko‘rildi. Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi raisini saylash to‘g‘risidagi masala muhokama qilinib, deputat Suyarova Zebo Isroilovna Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi raisi lavozimiga saylandi.

Shundan so‘ng sessiya kun tartibiga muvofiq 2025-yil davomida qonuniylikni mustahkamlash, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar, tumanning 2026-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash hamda ularni ro‘yxatdan chiqarish, tumanning 2025-yil IV chorak mahalliy byudjeti daromadlari va xarajatlarini balansliligini buzmagan holda ko‘paytirish, “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish, tumandagi tashkilotlarda ish yuritish hujjatlarining holati, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va yer qa’ridan foydalanganlik uchun bazaviy soliq stavkalariga qo‘llaniladigan kamaytiruvchi hamda oshiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llash to‘g‘risidagi masalalar ko'rib chiqildi.

Sessiya ishida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Teglar
- -