insurez
03-06-2024 11:40

Xalq bilan muloqotlar – inson manfaatlari garovi


Bugun Nurobod tumani Yoshlar markazida tuman aholisi va yoshlari uchun navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Sayyor qabulda tuman hokimi o‘rinbosarlari, Xalq qabulxonasi, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari hamda fuqarolar ishtirok etishdi. Qabul davomida fuqarolardan elektr energiyasi, toza ichimlik suvi, ichki yo‘llar ta’miri, subsidiya, kadastr, bandlikni ta’minlash va tibbiyot kabi masalalar bo‘yicha 20 dan ortiq murojaatlar yo‘llandi. Mas’ullarga barcha murojaatlarni batafsil o‘rganib chiqish, muammolarning ijobiy yechimini topish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Teglar
- -