Xalq bilan muloqot: muammolar tinglandi, yechimlar belgilandi
Bugun Nurobod tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi M.Buranovning navbatdagi fuqarolar qabuli bo'lib o'tdi.
Unda Xalq qabulxonasi, tuman hokimi o'rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari, tuman aholisi va yoshlari ishtirok etishdi.
Qabul davomida fuqarolardan elektr energiyasi, tabiiy gaz, tibbiyot, kadastr, soliq, ichki yo'llar ta'miri, turli ijtimoiy, moddiy yordamlar olish va boshqa masalalar yuzasidan 60 ga yaqin murojaatlar yo'llandi.
Tuman rahbari har bir murojaatni atroflicha tinglab, muammolarning qisqa fursatlarda ijobiy va qonuniy hal etilishi yuzasidan mas'ul tashkilotlar mas'ullariga tegishli topshiriq va vazifalar berdi.