insurez
18-07-2025 21:03

“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostidagi bayram tadbirlari davom etmoqda


Ayni paytda Nurobod tumani markaziy istirohat bog‘ida Respublika ishchi guruhi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostidagi bayram tadbirlari davom etmoqda. 

Mustaqilligimizning 34 yilligiga bag‘ishlangan konsert va ko‘ngilochar dasturlar barchaning qalbida quvonch uyg‘otmoqda.

Tuman madaniyat bo'limi san’atkorlari ijrosidagi vatanparvarlik qo‘shiqlari, yoshlarning raqslari va teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari tomoshabinlarga unutilmas zavq bag‘ishlamoqda. 
 

Teglar
- -