Tumanda obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish masalalariga e’tibor kuchaymoqda
Bugun Nurobod tumani hokimi M.Buranov hududning olis Qo‘rg‘oncha, Jarquduq va Nurdum mahallalarida bo‘lib, u yerda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish va bunyodkorlik ishlari holati bilan yaqindan tanishdi.
Tuman rahbari mahallalardagi infratuzilma ob’ektlari, yo‘lsozlik, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishib, mas’ullarga tegishli topshiriq va ko'rsatmalar berildi.
Aholi farovonligini oshirish maqsadida ichimlik suvi ta’minoti, elektr energiyasi, suyultirilgan gaz hamda hududdagi ijtimoiy soha ob’ektlarning holati ham o‘rganildi.
Nurdum mahallasining Saroyqo‘rg‘on qishlog‘ida bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olish bo‘yicha tashabbuskorlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ushbu masalani hal etish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish vazifasi topshirildi.
Mahallalarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga hamda aholining yashash sharoitlari yaxshilanishiga xizmat qiladi.