Tumanda amalga oshirilayotgan qurilish, bunyodkorlik ishlari bo‘yicha brifing bo‘lib o‘tdi
Bugun Nurobod tumanida hokim M. Buranov ishtirokida tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, tumanda amalga oshirilayotgan qurilish, bunyodkorlik ishlari bo‘yicha brifing bo‘lib o‘tdi. Unda 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar, yil yakuniga qadar kutilayotgan natijalar hamda 2025-yil uchun istiqbolli rejalar yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Brifingda qayd etilishicha, joriy yilning yanvar–dekabr oylarida:
-
sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi — 539,1 mlrd so‘mga yetib, o‘sish sur’ati 102,8 foizni tashkil etdi;
-
xizmatlar sohasi hajmi — 692,1 mlrd so‘m (116,0 foiz);
-
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari — 1,5 trln so‘m (102,8 foiz);
-
qurilish ishlari — 148,6 mlrd so‘m (126,6 foiz);
-
eksport hajmi — 1,7 mln dollar (44,9 foiz);
-
import hajmi esa — 24,1 mln dollar (80,1 foiz)ni tashkil etdi.
Tuman hokimi M. Buranov brifingda kambag‘allikni qisqartirish borasida erishilgan natijalarga alohida to‘xtalib o‘tdi. O‘tgan yil boshida 4 410 ta kambag‘al oilada 19 918 nafar aholi istiqomat qilgan bo‘lsa, joriy yil boshida bu ko‘rsatkich 3 450 ta oilada 15 328 nafarga tushib, kambag‘allik darajasi 12,5 foizdan 7,4 foizga kamaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-330 va PF-143-sonli farmonlari ijrosi doirasida 960 ta oila (4 590 nafar) kambag‘allikdan chiqarildi. Shuningdek, 1 209 ta mikroloyiha ishga tushirilib, 1 748 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Loyihalarga 33,4 mlrd so‘m o‘z mablag‘lari va 30 mlrd so‘mlik bank kreditlari yo‘naltirildi.
Brifingda, shuningdek, tumandagi tadbirkorlik sub’yektlari soni 2 755 taga yetgani, ularning 1 833 tasi yuridik shaxs, 922 tasi yakka tartibdagi tadbirkor ekani ta’kidlandi. O‘tgan yilga nisbatan ularning soni 77,3 foizga oshdi.
Aholi bandligini ta’minlash borasida ham sezilarli natijalarga erishildi. Ishsizlik darajasi yil boshidagi 7,2 foizdan 5,4 foizga tushirildi. Banklar bilan hamkorlikda 656 ta uchrashuv o‘tkazilib, 2 364 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
Brifingda 2025-yil uchun istiqbolli rejalar ham e’lon qilindi. Jumladan:
-
9 089 ta yangi ish o‘rni yaratish;
-
1 930 ta oilani (8 845 nafar) kambag‘allikdan chiqarish;
-
1 560 ta mikroloyiha ishga tushirib, 3 120 ta ish o‘rni yaratish;
-
5 396 nafar fuqaroni tadbirkorlikka jalb etish;
-
723 nafarini zamonaviy kasblarga o‘qitish;
-
248 nafarini tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga yuborish;
-
ishsizlik darajasini 5,2 foizgacha kamaytirish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, 2025-yilda aholiga moliyaviy ko‘mak sifatida jami 72,2 mlrd so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratilishi ham belgilangan. Ushbu mablag‘lar kichik biznes, oilaviy tadbirkorlik, ayollar tadbirkorligi va “Biznesga birinchi qadam” dasturlariga yo‘naltiriladi.
Brifing yakunida M.Buranov tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, aholining bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishidagi ishlar izchil davom ettirilishini, barcha rejalar bajarilishi uchun bor imkoniyatlar safarbar etilishini ta’kidladi.