Tuman soliq inspeksiyasi rahbari hisobot berdi
Bugun bo'lib o'tgan Xalq deputatlari Nurobod tuman Kengashining 90-sessiyasida 2024-yilning 1-yarmida Nurobod tumanida byudjet daromadlarining bajarilishi va II yarim yillik uchun rejalar hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-886-sonli Qarorining tumandagi ijrosi holati muhokama etildi.
Ushbu masalalar yuzasidan Nurobod tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i M.Erkinov ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan jamoatchilik faollariga hisobot berdi.
Yakunda soliq organlari zimmasiga yuklatilgan mas’uliyatli vazafalar nechog‘li bajarilayotganligi tahlil qilinib, 2024-yilning 2-yarmida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan maqsad va rejalar belgilab olindi.