insurez
04-04-2025 17:30

Tuman rahbari "Yosh kitobxon" tanlovi Respulika bosqichi sovrindori bo'lgan Nurobod yoshlarini munosib taqdirladi


Avval xabar berganimizdek, nurobodlik 2 nafar yosh kitobxon qizlarimiz har yili muntazam ravishda o'tkazib kelinadigan "Yosh kitobxon" ko'rik tanlovining Respublika bosqichida munosib ishtirok etib, faxrli 2-va 3-o'rinlarni qo'lga kiritishgan edi.

Bugun Nurobod tumani hokimi Maxsud Buranov ushbu kitobxon qizlarimiz Gulmira Norpo'latova va Mohinur Muxtorovalar ta'lim olayotgan umumta'lim maktablariga tashrif buyurib, ularning ota-onalari va ustozlari bilan samimiy muloqot o'tkazdi hamda kitobxon qizlarimiz erishgan yuksak natijani munosib e'tirof etdi.

Tuman rahbari yosh g'olibalarimizni ushbu muvaffaqiyatlari bilan samimiy qutlab, bu bilan aslo to'xtab qolmaslik lozimligini, o'z ustida tinimsiz ishlash va puxta bilim olish orqali yurtimiz uchun munosib kadr bo'lib yetishishlarini tiladi.

Shuningdek, kitobxon qizlarimizning ushbu yutuqlari zamirida ota-onalarining mehnati, farzandi ta'limiga bo'lgan yuksak e'tibori hamda fidoyi ustozlarining o'gitlari muhim o'rin tutishi alohida ta'kidlandi.

Gulmira Norpo'latova va Mohinur Muxtorovaga tuman hokimligining tashakkurnoma va qimmatbaho esdalik sovg'alari topshirildi.
 

Teglar
- -