insurez
17-05-2025 12:51

Tuman rahbari tomonidan ijtimoiy soha obyektlarida o'rganishlar o'tkazildi


Bugun Nurobod tumani hokimi M.Buranov tumanning Ulus mahallasida joylashgan ijtimoiy soha obyektlarida, xususan, 3-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi  va Ulus oilaviy shifokorlik punktida bo'lib, o'rganishlar olib bordi.

Ta’lim muassasasiga tashrif davomida maktabdagi ta’lim jarayonlari, o'quvchilarning bilim olishga bo'lgan qiziqishi, pedagogik jamoaning kasbiy faoliyati hamda o'quvchilarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida qilinayotgan ishlar holati o'rganildi.

Ayniqsa, maktabdagi obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari holati, maktab sport zalidagi yaratilgan sharoit va qulayliklar, yosh avlodni sog'lom turmush tarziga yo'naltirish borasidagi ishlar muhokama etildi.

Shuningdek, maktabning moddiy-texnik bazasi, zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanganlik darajasi, kutubxona, laboratoriya va axborot texnologiyalari xonalarining holati alohida e’tiborga olindi.

Tuman rahbari, shuningdek, Ulus mahallasida joylashgan oilaviy shifokorlik punktida ham bo‘lib, tibbiy xizmatlar sifati, muassasa infratuzilmasi, mavjud tibbiy jihozlar holati va aholi uchun yaratilgan sharoitlarni ko'zdan kechirdi.

Ushbu muassasada fuqarolarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar, sanitariya-gigiyena holati va malakali kadrlar bilan ta’minlanganlik darajasi yuzasidan o'rganishlar olib borildi.

O'rganishlar yakunida tuman rahbari tomonidan mavjud muammo va kamchiliklarni qisqa fursatlarda bartaraf etish, ta’lim sifati va tarbiya jarayoni, pedagoglarning ish sharoitlarini yaxshilash, shuningdek, sog'liqni saqlash sohasida xizmat sifatini oshirish bo'yicha mas’ullarga aniq topshiriq va vazifalar yuklatildi.

Teglar
- -