Tuman rahbari Qilichli mahallasi yoshlari bilan muloqot o'tkazdi
Bugun Nurobod tumani hokimi M.Buranov tumanning Qilichli mahallasi yoshlari bilan uchrashuv o'tkazdi.
Samimiy ruhda o'tgan muloqot davomida yoshlarning ilg'or tashabbuslari, fikr va takliflari, qiynab kelayotgan muammolari yuzasidan murojaatlari tinglandi.
Tuman rahbari barcha murojaat va takliflarni batafsil tinglab, yoshlar tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotida faol ishtirok etishini ta'minlash borasida barcha kerakli sharoit va imkoniyatlar yaratib berilishini ta'kidladi.
Yoshlarning bandligi va sifatli ta'lim-tarbiya olishlarini ta'minlash, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratish, ularga amaliy yordamlar ko'rsatish, zarur asbob-uskuna va texnikalar bilan ta'minlash, ilg'or va tashabbuskor tadbirkorlar bilan hamkorligini tashkil etish, imtiyozli kreditlar ajratish kabi masalalar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.