insurez
13-01-2025 12:35

Tuman rahbari qabulida aholi va tadbirkorlarning murojaat hamda takliflari tinglandi


Bugun Nurobod tumani Yoshlar markazida tuman hokimi S.Berdiqulovning fuqarolar va tadbirkorlar uchun qabuli bo'lib o'tdi.

Unda Xalq qabulxonasi, hokim o'rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda fuqarolar ishtirok etishdi.

Qabul davomi aholi tomonidan elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichki yo'llar ta'miri, obodonlashtirish, bandlikni ta'minlash va tibbiyot kabi sohalar yuzasidan 30 dan ortiq murojaatlar yo'llandi.

Tuman rahbari har bir murojaatni batafsil tinglab, ularning qisqa fursatlarda ijobiy yechim topishi yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berdi.
 

Teglar
- -