insurez
03-03-2025 12:58

Tuman rahbari fuqarolarning muammo va murojaatlarini tingladi


Bugun Nurobod tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi M.Buranovning tuman fuqarolari uchun qabuli o'tkazildi.

Unda Xalq qabulxonasi, hokim o'rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari, tuman fuqarolari va yoshlari ishtirok etishdi.

Qabul davomida fuqarolardan uy-joy, ta'lim kontraktini to'lab berish, bandlik, kadastr, soliq, subsidiya, tibbiyot, ichki yo'llar ta'miri, turli ijtimoiy yordamlar olish va boshqa masalalarga doir 30 ga yaqin murojaatlar yo'llandi.

Tuman rahbari har bir murojaatchini atroflicha tinglab, ular muammolarining qonuniy yechim topishi, o'z vaqtida ijobiy hal etilishi yuzasidan mas'ullarga tegishli vazifa va topshiriqlar berdi.
 

Teglar
- -