insurez
19-03-2025 19:05

Tuman rahbari fermer xo'jaliklarining mavsumga tayyorgarlik holati bilan tanishdi


Bugun Nurobod tumani hokimi M.Buranov tumandagi fermer xo'jaliklarida ish jarayonlarining borishi bilan tanishdi.

Dastlab, tuman rahbari g'alla maydonlarida fermer xo‘jaliklari tomonidan agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida olib borilishi, ishlarning to'g'ri yo'lga qo'yilganligi, sug'orish tizimlari holatini ko'zdan kechirdi.

Bunda qishloq xo‘jaligi ekinlari ekiladigan dala chetlari, kanal va zovurlar atrofidan ham unumli foydalanishga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta'kidlandi.

Shuningdek, paxta ekin maydonlarining mavsumga nechog'li tayyor holatga keltirilayotganligi, mahalliy va mineral o‘g‘itlar bilan ishlov berish, fermerlar tomonidan dala madaniyatiga rioya etish yuzasidan bajarilgan ishlar holati o'rganilib, bu boradagi samaradorlikni yanada oshirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
 

Teglar
- -