insurez
26-08-2024 11:46

Tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi


Bugun Nurobod tumani hokimligida xalq deputatlari Nurobod tuman Kengashining to'qson birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlar deputatligiga saylov o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to‘g‘risida, tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan joriy yilning ikkinchi chorak yakuni bo‘yicha tumanda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi to‘g‘risida, tuman mahalliy byudjetining 2024-yil ikkinchi chorak daromadlar rejasini oshirib bajarilgan qismi hisobidan ajratiladigan mablag‘lar hamda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisoboti va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Sessiyada xalq vakillari tomonidan har bir masala atroflicha muhokama qilinib, yakunda ovoz berish yo‘li bilan tuman Kengashining sohalar bo‘yicha tegishli qarorlari qabul qilindi.

Teglar
- -