insurez
14-11-2024 15:25

Tuman iqtisodiy salohiyatini yanada oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar mavzusida brifing o‘tkazildi


Bugun Nurobod tumani hokimligida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Rashid Ibragimov ishtirokida tuman iqtisodiy salohiyatini yanada oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan brifing bo‘lib o‘tdi.

Tumanda xususiy sektorni rag‘batlantirish, qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish maqsadida kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali foydalanish, hududning tabiiy, mineral-xomashyo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, turistik va mehnat salohiyatidan kelib chiqqan holda bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Natijada joriy yilning 9 oyida:

a) sanoat mahsulotlari hajmi – 434,1 mlrd. so‘m (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan – 104,8 foiz );

b) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi – 1219,1 mlrd. so‘m (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan – 108,4 foiz);

v) xizmatlar hajmi – 475,6 mlrd. so‘m (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan – 108,1 foiz);

g) asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalar – 1905,4 mlrd. so‘m. (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan – 245,7 foiz);

2024-yilning o‘tgan 9 oyi mobaynida aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari hajmi – 2,7 mln. so‘mni, xizmatlar – 2,9 mln. so‘mni, qishloq xo‘jaligi maxsulotlari 7,4 mln. so‘mni tashkil qildi.

Joriy yilning 9 oyligida 501 ta YATT, 229 ta yuridik shaxslar tashkil etildi, 7,5 ming nafar fuqarolarimizning o‘zini-o‘zi band qilishlari ta’minlandi.

Hozirda bo‘sh turgan 14 ta bino-inshootga (39,8 ming kv. metr) tadbirkorlarni jalb qilib, kamida 15,6 mlrd. so‘mlik investisiya kiritish hisobiga 444 ta yangi ish o‘rinlarni yaratish, A-378 magistral avtomobil yo‘lining hududdan o‘tuvchi 41 km qismida 34 ta yangi savdo va servis obyektlarini ishga tushirib, 120 nafar aholini daromadli qilish maqsad qilingan.

Tumanda jami ishsizlar soni yil boshida 4397 nafarni, ishsizlik darajasi 7,2 foizni tashkil etgan bo‘lsa, hozirda bu ko‘rsatkich mos ravish 3,2 ming nafar va 6,4 foizni (-0,8 foiz) tashkil etmoqda.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-yanvardagi “2024-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi to‘g‘risida” PQ-7-son qarori ijrosini  ta’minlash maqsadida tumanda  yillik 9 ming 429 ta ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan bo‘lib, haqiqatda yanvar-noyabr oylari davomida 9 ming 520 ta ish o‘rinlari tashkil qilindi va belgilangan reja 101% foizga bajarildi.

2024-yilning sentyabr oyi holatiga ko‘ra, tumanda kam ta’minlangan oilalar soni 6708 nafarni, jami oilalarning 17,2 foizini,    1-noyabr holatiga 4862 nafarni yoki jami oilalarning 12 foizini  tashkil qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil                                  23-sentyabrdagi PQ-330 sonli qarori asosida “Kambag‘allikdan-farovonlik sari” tamoyili asosida tumanda kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish, ayniqsa ularning bandligini ta’minlash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda:

Birinchi bosqichda og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan, doimiy daromad manbai mavjud bo‘lmagan 780 nafar oilalar ro‘yxati shakllantirib olindi.

Ushbu oilalardan 195 nafari viloyatdagi 39 ta tashkilot va korxonalar rahbarlariga, 200 nafari viloyatdagi 40 ta tadbirkorlarga, 195 nafari tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlariga, 195 nafari tumandagi tadbirkorlarga biriktirildi.

Bugungi kunda ushbu oilalarni kambag‘allikdan chiqarish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqoridagi qarori asosida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan loyihalar doirasida 8 ta og‘ir mahallalar tanlab olinib, ularda yaashovchi aholining tomorqalarini suv bilan ta’minlash, elektr ta’minoti uzluksizligini ta’minlash hamda yo‘l infratuzilmalarini yaxshilash maqsadida 25 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘lar o‘zlashtirilishi  belgilab olindi.

Teglar
- -